MENU
B

BADRIDDIN (a.) - dinning to’lin oyi.
BARNO (f.t.) - kelishgan, chiroyli.
BASANDA (f.t.) - oilada ketma-ket qizlar tug’ilsa, endi yetarli bo’ldi, endi kiz bola tugidishi to’xtasin, degan ma’noda ushbu ism qo’yilgan.
BAXTIYOR (f.t.) - baxt-saodat, quvonch yor bo’lsin.
BAHODIR (f.t.) - botir, kuch-qudratli.
BAHOR (f.t.) - bahorda tug’ilgan farzand yoki hayotda bahordek go’zal, chiroyli, fayzli bo’lsin. BAHRIDDIN (a.) - dinning nuri, shu'lasi.
BAHROM (f.t.) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo’lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo’lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo’lsin, degan ma’noda xam ushbu nom bolaga berilgan.
BEKZOD (o’zb-f.t.) - beklar avlodidan bo’lgan bola yoki bek farzandi, bolasi.
BEKMUROD (o’zb-a.) - beklar avlodidan bo’lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin.
BERDIMUROD (o’zb-a,) - Alloh bizga o’g’il ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin.
BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola.
BEHRUZ (f.t.)- baxt-saodatli kunda tug’ilgan bola.
BIBIXOL (o’zb-f.t.) - xol bilan tug’ilgan, e’tiborli aslzoda qiz.
BINAFSHA (o’zb.)- binafshadek nafosatli, suluv, ko’rkam
BOBUR (o’zb.)- yo’lbars.
BOZOR (f.t.) - bozor kuni tug’ilgan bola.
BOYMUROD(o’zb-a.) - boy-badavlat bola, ulg’ayib orzu murodiga yetsin.
BOYQOBIL (o’zb-a.)- es-hushli, aqlli, mo’min-qobil bola, ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
BOLTA (o’zb.)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.
BOTIR(o’zb-mo’g.) - mard, pahlavon, dovyurak, jasur.
BO’RI (o’zb.)- tug’ilganda tishi mavjud bo’lg’an bola.