MENU
D

DAVLAT (a.) - davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin.
DAVRON (a.) - davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo’lsin.
DILAFRO’Z (f.t.) - ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (f.t.) - ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal.
DILMUROD (f.t-a.) - dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.
DILNAVOZ (f.t.) - dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz. DILNOZ (f.t.) - nozik qalb sohibi.
DILOVAR (f.t.) - jasur, qo’rqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (f.t.) - ko’ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (f.t.) - dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (f.t.) - ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz.
DILSHOD (f.t.) - dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-f.t.) - inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.