MENU
H

HABIB (a.) - suyukli do’st, qadrdon, g’amxo’r.
HABIBA (a.) - sevimli, mehribon, qadrli qiz.
HABIBULLOH (a.) - Allohning suyukli do’sti.
HAYDAR (a.) - arslon, qo’rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo’lsin.
HAYIT (a.) - hayit bayrami kunlarida tug’ilgan bola.
HAYITALI (a.) - hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo’r inson bo’lib yetishsin.
HAYITGUL (a-f.t) - hayit kunida tug’ilgan, guldek chiroyli, zebo qiz.
HAYITMUROD (a.) - hayit kunida farzandli bo’lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug’ilgan bola murod-maqsadiga yetsin.
HALIMA (a.) - rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz.
HAMDAM (f.t.) - sodiq do’st, o’rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh bo’lsin.
HAMID (a.) - Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.
HAMIDA (a.) - Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.
HAMIDULLOH (a.) - Allohning maqtoviga sazovor, a’lo bandasi.
HAMRO(H) (f.t.) - hamdam, sherik
.HASAN (a.) - chiroyli, a’lo, go’zal.
HASANALI (a.) - chiroyli, ko’rkam bola Aliga o’xshagan yaxshi odam bo’lsin.
HASANXO’JA (a-f.t.) - xo’jalar avlodiga mansub chiroyli, ko’rkam bola.
HOJI (a.) -muqaddas haj ziyoratida bo’lgan ziyoratchi.
HOJIMUROD (a.) - hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg’ayib hoji bo’lsin, murod-maqsadiga yetsin.
HOTAM (a.) - oliyhimmat, saxovatpesha bola.
HULKAR (o’zb.) - Surayyo yulduzidek yorug’ yuzli, chiroyli go’zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.
HUMOYUN (f.t.) - muborak, qutlug’.