MENU
M

MAVJUDA (a.) - yaratilgan, bor, barhayot.
MAVLUDA (a.) - xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz.
MADINA (a.) - bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo’lgan Madina nomidan olingan.
MALIKA (a.) - malika yoki shoh avlodidan bo’lgan ayol.
MALOHAT (a.) - ko’rkam, go’zal, malohatli qiz.
MASTURA (a) - pardali, iffatli, pokiza qiz.
MATLUBA (a.) - iltijo qilib so’rab olingan qiz.
MAFTUNA (a.) - maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz.
MAHBUBA (a.) - sevilgan, suyukli, dilbar qiz.
MAHLIYO (a.) - o’ziga jalb etuvchi, ko’ngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz.
MAHMUD (a.) - maqtalgan, maqtovga loyiq.
MEHRINISO - ayollarning quyoshi.
MIRZA (f.t.) - savodli, o’qimishli bilimdon bo’lib o’ssin.
MOHIGUL (f.t.) - oydek suluv, chiroyli va tuldek go’zal qiz.
MOHIDIL (f.t.) - ko’ngilning oyi yoki ko’nglimizni oydek yeritgan, nurga to’ldirgan suluv qiz. MOHINUR (f.t-a.) - oy nuridek pokiza, suluv qiz.
MOHIRA (a.) - mahoratli, pishiq qiz.
MUAZZAM (a.) - azim, ulug’, buyuk.
MUATTAR (a.) - xushbo’y xid taratuvchi.
MUBORAK (a.) - qutlug’, saodatli.
MUZAFFAR (a.) - zafar qozonuvchi, g’alabaga erishuvchi, golib.
MUNAVVAR (a.) - nurli, yorug’.
MUNIRA (a.) - nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz.
MUNIS (a.) - do’st, hamdam.
MUROD (a.) – ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola. MUSALLAM (a.)- bo’ysunuvchi, itoatkor.
MUSULMON (a.) - Islom diniga e’tiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy.
MUXTOR (a.) - tanlangan, saylangan, erkin, ozod.
MUSHARRAF (a.) - sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan.
MUYASSAR (a.) - Alloh yetkazgan, muyassar qilg’an farzand.
MUQADDAM (a.) - birinchi farzand.
MUQADDAS (a.) - qutlug’, tabarruk, muqaddas, aziz.
MUHAMMAD (a.) - maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.
MUHARRAM (a-) - muxarrram oyida dunyoga kelgan bola.
MUHTARAM (a.) -eng hurmatli, e’zozli.