MENU
N

NAVRO’Z (ft.) - yangi kun, yangi kunda - Navro’z kuni tug’ilgan bola.
NAJMIDDIN (a.) - dinning yulduzi, dinning iqboli.
NAZAR (a.) - Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola.
NAZIRA (a.) - avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bag’ishlangan qiz.
NAZIFA (a.) - pokiza.
NAZOKAT (a.) - noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz.
NAZRULLOH (a.) - Allohga nazr qilngan, bag’ishlangan bola.
NAMOZ (f.t.) - namoz vaqtida tug’ilgan bola.
NARGIZ (a.) - nargisdek nafosatli, nozik, go’zal qiz.
NARIMON (a-f.t.) - jasur, qo’rqmas, kuch-qudratli.
NASIBA (a.) -rizqi butun, nasibali qiz bo’lsin.
NASIM (a.) - tong payti esgan shabadadek yumshoq ko’ngilli, muloyim tabiatli, yoqimli bola. NASIMA (a.) - tong shamolidek yoqimli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq ko’ngil, pokiza, nafosatli
NASRIDDIN (a.) - dinning yordami, ko’magi.
NE’MAT (a.) - rizqi butun, nasibasi to’kis bo’lsin.
NE’MATULLOH (a.) - Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati.
NIGINA (f.t.) - uzuk, qimmatbaho uzuqdek bebaho, aziz, go’zal qiz.
NIGORA (f.t.) - chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi.
NIZOM (a.) - tartib-intizomli,odob-axloqli bola bo’lsin.
NIZOMIDDIN (a.) - diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa qo’shuvchi.
NILUFAR (hind.) - nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz.
NISHON (f.t.) - bola tug’ilganda uning badanida biron xil belgi bo’lsa yoki otasidan nishona bo’lsin degan ma’noda ushbu ism ko’yiladi.
NODIR (a.) - noyob, qimmatbaho, qadrli bola.
NODIRA (a.) - tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos go’zallik sohibasi.
NORBOY (f.t-o’zb.) qizil xolli bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
NORMUROD (f.t-a.) - qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sog’-omon ulg’ayib istagiga, murodiga yetsin.
NORMUHAMMAD (f.t.-a.) - qizil xolli bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
NORMO’MIN (f.t-a.) - qizil xolli bola, aklli, dono, mo’min-qobil bo’lsin
.NOROY (f.t-o’zb.) - qizil xol bilan tug’ilgan, oydek zebo, ko’rkam qiz.
NORTOJI (f.t.) - qizil xolli bola.
NORXOL (f.t.) - badanida qizil xol bilan tug’ilgan qiz.
NORQOBIL (f.t-a.) qizil xol bilan tug’ilgan bola, ulg’ayib qobil bo’lsin.
NOSIR (a.) - yordam beruvchi, g’olib.
NURBBK (a-o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan tolei nurli, iqboli porloq bola.
NO’RJAMOL (a.) -nur yuzli, chiroyli, go’zal qiz.
NURIDDIN (a.) - dinning nuri, ziyosi, mash’ali.
NURULLOH (a.) - Allohning nuri, ziyosi, yog’dusi.
NUSRAT (a.) - yordam beruvchi, ko’mak beruvchi, golib.
NUSRATULLOH (a.) - Allohning ko’magi, muruvvati.