MENU
O

OBID (a.) - Alloxga sig’inuvchi, Unga ibodat qiluvchi.
OBIDA (a.) - Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz.
OBOD (f.t.) - hayoti obod, serfayz, nasibasi butun bo’lsin.
ODIL (a.) - adolatli, haqgo’y.
ODINA (f.t.) - xosiyatli bo’lgan, muborak kun hisoblashan juma kunida tug’ilgan bola.
OZOD (f.t.) - ozod, hur, erkin.
OZODA (f.t.) - hur, erkin, pokiza qiz.
OZODBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan hur, erkin, saodatmand bola.
OYGUL (o’zb-f.t.) - oydek chiroyli, suluv, guldek chiroyli qiz.
OYDIN (o’zb.) - oydin, yorug’ kechada tug’ilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charog’on bo’lsin.
OYJAMOL (o’zb-a.) - oydek go’zal husn sohibasi, oy yuzli zebo qiz.
OYNISA (o’zb-a.) - ayollarning oydek suluvi, zebosi.
OYSHA (a.) - barhayot yashovchi.
OLIM (a.) - ilm soxibi.
OLIMA (a.) - ilmli, bilimdon qiz.
OLIYA (a.) - oliy, ulug’, yuksak martabali.
OLLOYOR (a-f.t.) - Alloh yor, madadkor bo’lsin, xamisha hamdam, hamroh bo’lsin, qo’llab o’z panohida asrasin.
OMON (a.) - o’sib, ulg’ayib sog’-omon bo’lsin.
OMONULLOH (a.) -Allohning o’zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omon saqlaydigan bola.
ORZIGUL (f.t.) - orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz.
ORZU (f.x.) - ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg’an yoki orziqib kutilgan bola.
ORIF (a.) - ma’rifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojo’y, taqvodor.
ORTIQ (o’zb.) - badanida biror ortiqcha a’zo bilan tug’ilgan bola.
OTABEK (o’zb.) - beklarning boshlig’i, sardori.
OQIL (a.) - aqlli, dono, zukko.OQILA (a.) - aqlli, zukko, dono qiz.