MENU
S

SADOQAT (a.) - sodiq, sadoqatli, vafodor.
SADRIDDIN (a.) - dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug’ namoyandasi.
SAID (a.) - baxt saodatli.
SAIDA (a.) - omadli, baxtli, saodatli.
SAYID (a.) - ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab.
SAYIDA (a.) - oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz.
SAYIDBEK (a.) - ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan bo’lgan bola.
SAYIDMUROD (a.) - oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.
SAYFIDDIN (a.) - dinning qilichi.
SAYFULLOH (a.) - Allohning qilichi.
SALIM (a.) - sog’lom, sog’u salomat.
SALOMAT (a.) - omon-esonlik, sog’u salomatlik.
SAMANDAR (a.) - o’t ichida yashovchi, o’tdan paydo bo’ladigan jonzot, o’lmas, mustahkam irodali.
SANAM (a.) - majusiylar ilohi, ma’budasi; zebo, suyukli qiz.
SAODAT (a.) - baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz.
SARVAR (a.) - yo’lboshchi, rahnamo.
SARVINOZ (f.t.) - qaddi-qomati tikka o’suvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz. SARDOR (f.t.) - rahnamo, yetakchi, yo’lboshchi, boshliq.
SAFAR (a.) - Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola.
SAFARALI (a.) - Safar oyida yoki safar paytida tug’ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo’lsin.
SAFARGUL (a-f.t.) - Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek ko’rkam, zebo qiz.
SA’DULLOH (a.) - Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi.
SEVAR (o’zb.) - sevimli, yoqimli farzand.
SIROJ (a.).- mash’al.
SIROJIDDIN (a.) - dinning nuri, mash’ali.
SOAT (a.) - xosiyatli, baxtli soatda tug’ilgan bola.
SOBIR (a.) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola.
SOBIT (a.) - mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola.
SODIQ (a.) - sadoqatli, vafodor.
SOJIDA (a.) - sajda qiluvchi, Allohga sig’inuvchi musulmon qiz.
SOLIH (a.) - pokiza, pok, solih amallar qiluvchi.
SOHIB (a.) - xo’jayin, ega, do’st, hamdam.
SULTON (a.) - podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro’-e’tibor egasi bo’lsin.
SULTONALI (a.) - yuksak obro’-e’tibor, martaba egasi bo’lsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo’lsin.
SULTONMUROD (a.) - yuksak mavqeli, martabalar, obro’-e’tibor sohibi bo’lib yetishsin, orzu-murodiga erishsin.
SULTONOY (a-o’zb.) - oliy martaba, mavqeli, obro’, e’tibor sohibasi bo’lgan oydek go’zal, zebo qiz.
SURAYYO (a.) - yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug’, go’zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.