MENU
T

TABASSUM (a.) - hayoti shodlikka, quvonchga to’liq bo’lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz.
TAL’AT (a.) - yuz ko’rinishi chiroyli, go’zal bola.
TEMIR (o’zb.) - temirdek mustahkam irodali bo’lsin.
TESHA (o’zb.) - teshadek o’tkir, keskir bo’lsin, mustahkam bo’lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola.
TILOVMUROD (o’zb-a.) - tilab olingan, Xudodan so’rab olingan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.
TOJIDDIN (f.t-a.) - dinning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi.
TOJIMUROD (f.t-a.) - xol bilan tug’ilgan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi.
TOJINISO (f.t-a.) - ayollarning toji, ulug’i, e’tiborga sazovori va eng go’zali.
TOLIB (a.) - talab qiluvchi, ilm izlovchi.
TOSHMUROD (o’zb-a.) - toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.
TOSHPO’LAT (o’zb-f.t) - tosh va po’latdek mustahkam bola, uzoq umr ko’rsin.
TOHIR (a.) - pokiza, begunoh.
TURSUN (o’zb.) - nobud bo’lmasin, sog’u salomat o’ssin, omon qolsin, yashab ketsin.
TURG’UN (o’zb.) - turib qolsin, nobud bo’lmasin, umri uzoq bo’lsin.
TO’LQIN (o’zb.) - yayrab, shodu xurram bo’lib, zavqu shavqqa to’lib yursin.
TO’RA (o’zb.) - yuqori martaba, mavqe egasi, aslzoda.