MENU
X

XAYRIDDIN (a.) - dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi.
XAYRULLOH (a.) - Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.
XALIL (a.) - sevimli, aziz do’st.
XOLBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan xolli bola.
XOLBEKA (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’ltan xolli qiz.
XOLBIBI (f.t-o’zb.) - yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz.
XOLBOY (f.t-o’zb.) - xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulg’ayib davlatmand, boy bo’lsnn.XOLDOR (f.t.) - xol bilan tug’ilgan xolli bola.
XOLMIRZA (f-t.) - xolli bola, bilimdon, dono, o’qimishli,savodxon bo’lib yetishsin.
XOLMUROD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bola, o’sib orzu-murodiga yetishsin.
XOLMUHAMMAD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
XOLMO’MIN (f.t-a.) - xolli bo’shb tug’ilgan bola mo’min-qobil bo’lsin.
XOLTOJI (f.t.) - badanida xoli va toji mavjud bo’lgan bola.
XONDAMIR (o’zb-f.t.) - bu ism, olimlarning ta’kidlashicha, aslida, ‘xovand amir’ bo’lib, uning ma’nosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo’lidan to’g’ri yuruvchi, Uning olqishiga sazovor bo’lgan hukmron.
XONZODA (o’zb-f.t.) - xon yoki asilzodalar avlodidan bo’lgan qiz.
XOSIYAT (a,) - yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo’lsin yoki omadli yoki xosiyatli kunda tug’ilgan farzand.
XUDOYBERDI (f.t-o’zb.) - Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo’lgan bola.
XUDOYNAZAR (f.t-a.) - Xudoning nazari tushgan bola.
XUMOR (a.) - ko’pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola.
XURRAM (f.t.) - shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo’lsin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.
XURSAND (f.t.) - shodu xurram, baxtiyor bo’lib yursin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.
XURSHID (f.t.) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.
XURSHIDA (f.t.) - quyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv, latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.