Z
ZAYNAB (a.) - kelishgan, xushqomat, suluv qiz.
ZAYNIDDIN (a.) - dining bezagi, chiroyi, ko’rki.
ZARINA (f.t.) - zarli, chiroyli qiz.
ZARIF (a.) - beg’ubor, pokiza, nozik ta’b, o’tkir aql sohibi.
ZARIFA (a.) - iffatli, pokiza, nozik ta’b, fahm-farosatli qiz.
ZAFAR (a.) - tolib, saodatmand.
ZEBINISO (f.t.-a.) - ayollarning zebi, go’zal, zebosi.
ZEBO (f.t.) - go’zal, suluv, chiroyli qiz.
ZIYO (a.) - nurli, tolei porloq bola.
ZIYNAT (a.) - ziynatli, bezangan, orasta, ko’rkam qiz.
ZOYIR (a.) - ziyoratchi.
ZOKIR (a.) - Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi.
ZUBAYDA (a.) - ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi.
ZULFIYA (f.t.) - jingalak sochli, suluv qiz.
ZULXUMOR (a.) - intiq bo’lib ko’pdan kutilgan qiz.
ZUMRAD (f.t.) - zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz.
ZUHRO (a.) - Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz.