O’
O’KTAM (o’zb.) - kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.
O’LMAS (o’zb.) - o’lmasin, umri uzoq bo’lsin.
O’LMASOY (o’zb.) - o’lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo’lsin deb umid, niyat qilingan oydek go’zal, zebo qiz.
O'RAL (o’zb.) — tug’ilganda kindigiga o’ralib tushgan yoki jingalak sochli bola.
O’ROQ (o’zb.) - o’roqdek o’tkir, keskir bo’lsin yoki kindigi o’roq bilan kesilgan bola.
O’TKIR (o’zb.) - o’tknr, o’tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bo’lsin.
O’TKIRBEK (o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan o’tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.
O’G’ILOY (o’zb.) - shu oydek go’zal qizdan keyingi tug’ilajak farzand o’g’il bo’lsin.
O’RILSHOD (o’zb-f.t.) - ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug’iladigan bola o’g’il bo’lsin.