Sh
SHABNAM (f.t.) - shudringdek beg’ubor, pokiza qiz.
SHAVKAT (a.) - shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo’lsin.
SHAMSIDTSIN (a.) - dinning quyoshi.
SHAMSIYA (a.) - quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyli qiz.
SHAMSULLOH (a.) - Allohning nuri, yog’dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi.
SHARBAT (a.) - yoqimli, shirin, suyukli qiz.
SHARIF (a.) - sharafli, muqaddas, aziz.
SHARIFA (a.) - aziz, qadrli, sharafli qiz.
SHAFIQA (a.) - shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz.
SHAHBOZ (f.t.) - lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo’lsin.
SHAHINA (f.t.) - dovyurak, mard, jasur, qo’rqmas qiz.
SHAHLO (a.) - katta, qora ko’zli, go’zal qiz.
SHAHNOZ (f.t.) - shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz. SHAHOBIDDIN (a.) - dinning yorqin, nurli yulduzi.
SHAHODAT (a.) - guvohlik beruvchi.
SHERALI (f.t-a.) - sherdek dovyurak, qo’rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lsin.
SHERBOY (f.t-o’zb.). - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
SHERZOD (f.t.) - sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo’rqmas botirlar avlodidan bo’lgan bola.
SHERMUROD (f.t-a.) - sherdek qo’rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin.
SHERMUHAMMAD (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHERXON (f.t.-o’zb.) - xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori.
SHERQOBIL (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqlli, qobil bo’lib o’ssin.
SHERQUL (f.t-o’zb.) - Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi.
SHIRIN (f.t.) - yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola.
SHOBERDI (f.t-o’zb.) - Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg’ayib ulug’ martabalar sohibi bo’lsin.
SHODI (f.t.) - shodlik, quvonch, baxtiyorlik.
SHODIBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola.
SHODIGUL (f.t.) - shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz.
SHODIYOR (f.t.) - shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohi bo’lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tug’ilgan bola.
SHODIMUROD (f.t-a.) - shod, xurram, baxtiyor bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlik keltirgan bola murodimizga yetkazdi.
SHODIMUHAMMDD (f.t-a.) - shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHODIYA (f.t.) - shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz.
SHODMON (f.t.) - shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to’liq bo’lsin yexud quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola.
SHOIR (a.) - shoir, so’zga chechan, hozirjavob, shirinso’z, notiq bo’lsin.
SHOIRA (a.) - shoira bo’lsin, so’zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo’lsin.
SHOYISTA (f.t.) - hurmat-ehtiromga loyiq, e’zoz-e’tiborga munosib qiz.
SHOKIR (a.) - shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo’lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr.
SHOHIDA (a.) - suluv, go’zal, zebo qiz.
SHOHIMARDON (f.t.) - mard, bahodirlar shohi.
SHOHRUH (f.t.) - yuzida shohlik alomatlari zohir bo’lgan kelishgan, zebo bola.
SHOHSANAM (f.t-a.) - go’zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz.
SHUKUR (a.) - qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor.
SHUKRULLOH (a.) - bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin.
SHUHRAT (a.) - dovrug’, obro’, shon, iftixor.