MENU
Главная » Файлы » Юлдузлар Биографияси

Alisher Uzoqov bilan suhbat
21.02.2014, 09:17
1. Maktabda sizni qanday atashardi? 
Alish. 
2. Tilingiz chiqib, aytgan ilk so'zingizni bilasizmi? 
Buviiii. 
3. Uyqudan uyg'onib, qiladigan birinchi ishingiz? 
Uyqusirayman. 
4. Tilla baliqchani tutib olsangiz, qanday uchta tilak aytardingiz? 
1. Tinchlik bo'lsin. Shunda hamma qilmoqchi bo'lgan ishlarini amalga oshira oladi. 2. Qolganini o'zim amalga oshira olaman deb aytardim. 3. Rahmat aytib, telefon raqamini so'rardim. Kerak bo'lsangiz, uchinchi tilagimni aytaman derdim. 
5. O'zingizni beradigan ta'rifingiz? 
O'zimga hech qachon ta'rif bermayman. 
6. Jozibangizni ta'minlaydigan uchta xususiyat? 
Men jozibali emasman. 
7. Tanangizdagi eng sevimli a'zo? 
Hammasini yaxshi ko’raman. Agarda birortasini aytadigan bo’lsam, qolganlari hafa bo’lib qolishi mumkin. 
8. Qachondir qilgan eng ahmoqona ishingiz? 
Ko'p ahmoqona ishlar qilganman. Ularni eslashni xohlamayman. 
9. Birinchi marta qachon sevib qolgansiz? 
Xech qachon. 
10. Romantikani qanday tasavvur qilasiz? 
Romantika yaxshi narsa bo'lsa kerak deb o'ylayman. 
11. O'zingiz haqingizdagi eng ajoyib mish-mish? 
Ajoyib emas-ku, lekin shov-shuvga aylangani shuki, meni uylantirib qo'yishgan. 
12. Yumor hissingizni 10 ballik shkalada qanday belgilaysiz? 
Xech qachon o'zimga o'zim baho berolmayman. 
13. Ideal yakshanba siz uchun? 
Mening hayotimda hafta kunlarining o'zi yo'q. Istalgan kun yakshanba yoki dushanba bo'lib qolishi mumkin. 
14. Ideal erkak (ayol)? 
Birinchi navbatda ozoda bo'lishi kerak. Ikkinchidan, kamgap. Keyin to'g'riso'z va albatta go'zal bo'lishi lozim. 
15. Yoningizda doim olib yuradigan buyumingiz? 
Sharf. 
16. Ushalmagan orzungiz? 
Orzularimni hali ushalmagan deb o'ylamayman. Xudo xohlasa, ushaladi. 
17. Kechirim so'rashga to'g'ri kelsa, kimdan uzr so'rardingiz? 
Kechirim so'rashim kerak bo'lgan odamdan so'rardim. 
18. Siz mohir yolg'onchimisiz? 
Qo'limdan keladi. Lekin har doim ham bu mahoratimni qo'llayvermayman. 
19. So'nggi marta qachon yig'ladingiz? 
"So'nggi lahza” filmida. 
20. Xatto baxtsiz paytingizda ham tabassum uyg'ota oladigan narsa? 
Kasbim. 
21. Sizga aytilgan eng yaxshi maqtov? 
Bilmadim. 
22. Xayotni qanday ranglarda tasavvur qilasiz? 
Xar xil ranglarda. 
23. So'nggi marta qachon ko'zingizdan yosh chiqib ketguncha kulgansiz? 
Kuni kecha shunday holatga tushdim. 
24. Qanday shior bilan yashaysiz? 
Xar doim yangilikka intilish kerak. Chunki yangilik hech qachon eskirmaydi. 
25. O'zingiz haqingizda bizga ma'lum bo'lmagan uch ma'lumotni ayta olasizmi? 
O'tirganimda, har doim oyog'imni qimirlatib o'tiraman. O'zim bilan o'zim ko'p gaplashaman. Uxlayotganimda doim gapiraman. 
26. Siz ko'pincha tashrif buyuradigan veb-sayt? 
, www.soccer.ru, www.arsenal.com. 
27. Tez-tez o'qib turadigan kitobingiz? 
"Tafakkur gulshani”. 
28. Siz uchun eng qadrli sovg'a? 
E'tibor. 
29. Eng yoqimsiz va eng yoqimli SMS? 
Yoqimsiz SMS: "Nega javob yozmaysizq”. Eng yoqimlisi esa hurmat va e'tibor bilan yozilgan SMSlarning hammasi. 
30. Laqab tanlash ixtiyori o'zingizda bo'lsa, qanday laqab tanlardingiz? 
Chol. 
31. Qanday aybni kechirolmaysiz? 
Kechirim so'raganlarni yomon ko'raman. Chunki kechirim so'rashdan oldin inson qilayotgan ishini o'ylab qilishi kerak. 
32. Pul siz uchun..? 
Xarid vositasi. 
33. Xayrlashganda, odatda, qaysi so'zlarni qo'llaysiz? 
Bo'pti, mayli...
Manba:www.onlayn.uz
Категория: Юлдузлар Биографияси | Добавил: dias
Просмотров: 1359 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: