MENU
SIZ KELAJAKDA MANSABDOR SHAXS BO’LA OLASIZMI?

Savollarga faqat «xa» yoki «yo’q» deb javob bering.

1. Siz hayotda oldingizga aniq; maqsadlar qo’yib yashaysizmi?

2. Ba'zan xayotda omad kulib boqishi mumkin, deb o’ylaysizmi?

3. Mansab borasida aniq maqsadingiz bormi?

4. Bugun kelajakda manfaat beradigan qandaydir yangilik bildingizmi?

5. Sizning kasbingizda o’sish imkoniyatlari bormi?

6. Yuqori lavozimdagilar o’z mansablariga qanday erishganlarini bilasizmi?

7. O’zingiz haqingizda yaxshi taassurot qoldira olasizmi?

8. Jamoangizdagi eng xurmatli odamdan farqingiz bormi?

9. Korxonangizda lavozim bo’yicha yuqorilash tartibini bilasizmi?

10. Rahbariyat nazarida muvaffaqqiyat qilish uchun qandau ishlashni bilasizmi?

11. Tashkilotingizda hukmronlik kimning qo'lida ekanligini bilasizmi?

12. Rahbariyatga jiddiy ta'sir o'tkaza olasizmi?

13. Mansabga erishish uchun qanday sifatlaringizni rivojlantirishingiz kerakligini bilasizmi?

14. Ushbu soha va tashkilotda yuqori lavozimga erishishning o'ziga hos yo'llaridan habardormisiz?

15. Ishingiz hususiyatini, nega sizni bu ishga olishganini va bundan keyingi istiqbolingizni qanaqaligini bilasizmi?

16. Mehnat bozorida sizning kasbingiz haridorgirmi?

17. Boshlig'ingizga nima ma'qul kelishi va nima yoqmasligini bilasizmi?

18. Rahbariyatning yuqoriroq lavozimiga ko'tarilish uchun nima qilish kerakligini bilasizmi?

19. Qanday tashkilotlar sizning sohangiz tarmoqlari hisoblanadi va ular bilan qanday bog'lanish mumkinligini bilasizmi?

20. Boshlig'ingiz mutahassislik bo'yicha qanday adabiyotlarni o'qisa, siz ham shu adabiyotlarni o'qishim kerak deb hisoblaysizmi?

21. Tashkilot rahbariyati qanday kiyinishiga e'tibor berganmisiz?

22. Rahbariyat hizmatlaringizni bilishi uchun biror nima qilasizmi?

23. Bu ishda qancha vaqt ishlashni bilasizmi?

24. O'z malakangizni oshirish uchun bu haftada (bu oy, bu yilda) biror harakat qildingizmi?

25. Mansabga erishish uchun faoliyatingizning qaysi jihatlariga e'tibor berish kerakligini bilasizmi?

26. Rahbariyatning ishlab chiqarish rejalarini bilasizmi. "oqim" da bo'lish uchun nima qilish kerakliginichi?

27. Tashqi ko'rinishingiz mansabdorlarnikidekmi? Tetik va sog'lom ko'rinishda harakat qilasizmi?

28. Kim bilan aloqa o'rnatishni bilasizmi? Buni do'st va tanishlar yordamida olib borish kerak deb o'ylaysizmi?

29. Ishdagi muvaffaqqiyat (tashkilot, rahbar, sizda) kriteriylarini bilasizmi?

30. Ishingizning mazmuni to'liq va yetarli ma'lum qilinganmi?

31. Mansabga erishish uchun qanday aloqalar, klublar, jamiyatlar foyda berishini bilasizmi?

32. Kelajakda ishingiz uchun qanday bilim va malakalar lozim bo'lishini bilasizmi?

33. Siz o'tmoqchi bo'lgan ishda nimani bilish va qila olish lozimligini bilasizmi?

34. Mansabga ko'tarilish uchun kim sizga maslahat bera olishi mumkinligini bilasizmi?

35. Qanday professional uyushmalar siz uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?

36. Nima sababdan mansabdan voz kechish kerakligini bilasizmi?

37. Qanaqa ish, boshloq, jamoa haqida orzu qilishni anglay olasizmi?

38. Yangi ish va mansabda qanday maosh sizni qoniqtirishini aniq bilasizmi?

39. O'z ish o'rningizdan samaraliroq foydalana olasizmi?

40. O'z ish o'rningizni qanday tashkil qilish kerakligini bilasizmi? 

41. Ishdagi muvaffaqqiyatingizda qachon baho berish kerakligini bilasizmi?

42. Asosiy maqsadingizni qachon qayta ko'rib chiqish kerakligini bilasizmi?

43. Qanday holatlarga yo'l qo'yganingiz va nimalarni o'rganganingizni bilasizmi?

44. Yuqori martabalarga erishishingizda nima eng katta ta'sir ko'rsatishini bilasizmi?

45. O'z maqsadlaringizga erishish uchun yetarli kuch sarflayapman, deb o'ylaysizmi?



"Ha" javobi 90% dan ortiq-a'lo natija. Siz 90% dan ko'p savolga javobni bilasiz. Yuqori mansabga erishish uchun sizda barcha imkoniyatlar mavjud.

"Ha" javobi 80% dan 89% gacha- yaxshi, ammo yetarli bo'lmagan natija. Yuqori mansabga erishish uchun javob bera olmagan savollar haqida o'ylab ko'ring.

"Ha" javobi 60% dan 79% gacha- o'rtacha natija. Siz 80% savollarga javob bera olasiz va bu omad yo'lida to'g'anoq bo'ladigan muammolardan darak beradi.

"Ha" javobi 60% dan kam-yomon natija. Omad va mansabga erishish uchun siz juda ko'p narsani nazardan chetda qoldirgansiz.

"Ha" javobi 39% dan kam-yuqori mansabga erishish uchun imkoniyatingiz yo'q hisobi.