Mutaxassislarning ta'kidlashicha, smartfon, noutbuk kabi zamonavny ixcham uskunalar insoning ruhiy salomatligi va oilaviy munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Odamlar bunday moslamalarga shu darajada bog’lanib qolganki, ko’pchilik ulardan uyquga ketguncha ajralmas ekan.
Olimlarning so’zlariga ko’ra, bunday insonlar o’zining electron pochtasini mutassil tekshirib turadi va internet tarmog’ida kezib, nimalarnidir izlaydi. Shu bilan ular turmush o’rtog’I va farzandlariga ajratishi kerak bo’lgan vaqtni virtual tarzda ko’ngil ochish va xizmat vazifalarini bajarish uchun sarflaydi. Buning ustiga kech tunga qadar tinmaydigan ma’lumotlar oqimi uyqusizlikni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas. Psixologlar kechki ovqatdan keyin smartfon, planshet va noutbuklardan foydalanmaslikni va ayniqsa, ularni yotoqhonaga olib kirmaslikni tavsiya qilmoqda.