MENU
Главная » Файлы » Фойдали маслахатлар

Klaviaturaga Qaramasdan Yozishning 5 qoidasi
28.12.2013, 18:14
Mana, necha yillardan buyon kompyuterdan foydalanasiz. Lekin hamon klaviaturadan ko’zingizni uzmaysiz. Balki bu sizning profitsionallik darajangizga sizga sezilmagan holatda putir yetkazayotgandir, nima dedingiz? Keling bugun biz bilan harakat qilib, o’zingizni malakangizni oshiring. Ishonamiz, buni siz uddalaysiz. Quydagi qoidalarga amal qilib, o’zingizni rivojlantiring! 
Klaviaturaga qaramasdan yozish:
1
Klaviaturaga qaramang. Klaviaturadan foydalanishda sizning ko’rish qobiliyatingiz emas, balki barmoqlaringiz ishlashi kerak. Bunda mushaklaringizning xotirasi ishga tushishi lozim. Agar barmoqlaringiz klavishlarning joylashuvini to’gri eslab qola olsa, ishingiz yanada yengil kechadi. Agar harflar joylashuvini eslab qolishingiz qiyin bo’lsa, va bu vaqt o’tisihi bilan ham iziga tushmasa unda, bir kichik xiyladan foydalanishingiz maslahat beriladi. O’zi yopishadigan qog’ozni oling (uni yopishgandan keyin ham olib tashlash oson bo’lsin) va hammasini klavishlaringiz yopishtirib chiqing. Shunda siz ularga qaramaslikka o’rganasiz yoki qog’oz harflarni yashirib tursa, baribir xech narsani ko’rolmaysiz.
2
Qo’llaringizni to’gri turing. O’ng qo’l barmoqlari – JKL: belgilariga joylashsa, chap qo’ldagi barmoqlar esa – ASDF harflariga to’gri kelsin. (Ko’rsatkich, o’rta, nomsiz va jimjiloq barmog’imgizdan foydalaning. ) Quyidagi rasmda har bitta barmoqqa vazifasiga qarab ranglar belgilangan.

3
Bosh barmoq o’z navbati bilan probel uchun xizmat qiladi. Barmoqlarning hammasi o’z harfini bossin. Bunga qat’iy rioya qiling. 
4
O’zingizni qiynab, harflarni qayerda 
joylashib qolganini eslab qolishga harakat 
qilmang. Yaxshisi, siz qaysi barmoq haysi harf uchun xizmat qilishini eslab qoling. Ong osti faoliyatida xotirangizda harflar bilan barmoqlaringizni bog’lanishiga ahamiyat qarating, ko’z bilan ularni joylashuvini eslab qolishga harakat qilmang. 
5
Yana bir maslahat, siz ishlatadigan klaviaturangizni almashtiring. Masalan, siz kirilda ish yuritsangiz, kiril harfsiz (rus alfavitisiz) bo’lgan klaviaturani xarid qiling. 2 haftada juda yaxshi o’rganib olasiz. 
 Siz qay darajada yoza olasiz?
Категория: Фойдали маслахатлар | Добавил: dias | Теги: KLAVIATURAGA QARAMASDAN YOZISHNING
Просмотров: 590 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: