Главная » Файлы » Юлдузлар Биографияси |
Jasur Umirov
21.02.2014, 09:08 | |
1.Tug'ilgan: 19.. 31martda Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahrida 2. Eng qimmatga tushgan klipi: "Billura" (eng ko'p mehnat talab qilgani ham shu) 3. Hayotda: Xushchaqchaq, quvnoq yigit (shu bois, xonishlarining aksaryati sho'x ohangda) 4.Ilk bor katta sahnaga: 2008 yil "Turkiston" saroyida bitiruvchilar bayramida chiqqan 5.Bir yil oldin javobsiz sevgiga duchor bo'lgan. 6.Uyquni yaxshi ko'radi. 7.Tez orada bi yo'la ikkita albomini taqdim etish niyatida 8.Shu kunlarda Respublika bo'ylab gastrol safarlariga "start" berdi. 9.Hobbisi: Ho'roz urishtirish 10. Maktabda 5-sinfgacha 5 bahoga o'qigan, bu yog'iga... har yili bir bahoga kamayib borgan SAVOL VA JAVOBLAR: 1. O'zimizning mashxur ayol honandalaridan kim bilan duet kuylashni istagan bo'lardingiz? - (Uzoq o'ylanib) Zulayho Boyxonova bilan kuylashni istagan bo'lardim. Yo'nalishlarimiz boshqa-boshqa bo'lsa-da, ovozimiz to'g'ri keladi, deb o'ylayman. 2. Ilk eshitgan maqtovingiz yoki tanqidingiz? - Ijodim borasidagi ilk maqtov "Billura" qo'shig'i va unga ishlangan klip haqida bo'lgan. Tanqid hozircha bo'lgani yo'q. Bo'lmasin ham!... 3. Ohirgi marta kim bilan tortishib qoldingiz? - Bugun, hozirgina Akmal (prodyuseri) bilan tortishib oldik. Bunday hol tez-tez takrorlanib turadi. 4. Sizni Otabek Mutalxo'jayevga o'xshatishlarini bilasizmi? - Keling, shu mavzuda gaplashmaylik... Shunaqa savollarni boshqa eshitmaslik uchun yaqinda imidjimni o'zgartirmoqchiman. 5. Siz tanlagan qizda qanday hususiyatlar bo'lmasligi kerak? - Ko'p gapirish, yolg'on ishlatish va birovlarni g'iybat qilmasligi kerak. 6. Kimlarni o'zingizga reytingdosh deb hisoblaysiz? - Hozircha hech kimni! Bu mening shaxsiy fikrim, albatta. 7. "Billura"ning musiqasi o'g'irlanganligini tan olasizmi? - Yo'q. Kim buni isbotlasa, mukofot beramiz, degan e'lonni ham berganmiz... 8. Yakkaxon konsertingizni qachon bermoqchisiz? - Hudo hohlasa, yil ohirida. Ungacha yana repertuarimizni ancha boyitib olamiz. 9. Siz haqingizda aytilgan yoki berilgan noto'g'ri ta'rif? - Har hil gaplar bo'ldi, bo'lyapti. Ba'zilar meni yaqindan bilmay, hatto biror marta gaplashmay turib, sirtdan o'ylaganlarini gapirib yurishadi. Kibrli deyishadimi-ey... 10. Nimaga va kimga ko'proq ishonasiz? - Allohga, ota-onamga va kelajagimga ishonaman. 11. Sa'natdagi do'stlaringiz, ular-... -Ular unchalik ko'p emas! Shunday bo'lsa ham nomma-nom aytolmayman. 12. Harakteringizdagi qaysi jihat sizga doim pand beradi? - Birovning aybini yuziga gapirish odatim ko'pincha o'zimga pand beradi. "To'g'ri gap tuqqaningga yoqmaydi", deyishadi-ku! 13. Hozirgi paytda honandalar orasida o'zini aktyo'rlikda sinash urfga kirmoqda... Sizda ham shunday niyat bormi? - Takliflar juda ko'p, lekin menda bunday niyat yo'q, bo'lmasa ham kerak. Chunki, o'zimda bunaqa qobilyat borligini sezmaganman. 14. Tilla baliqcha tutib olsangiz, unga aytadigan uchta tilagingiz? - (biroz o'ylanib) Ota-onam uzoq umr ko'rishini, vafoli yor topishimni va ashaddiy muhlislarim ko'payishini so'ragan bo'lardim. 15. O'z ijodingizga necha baho qo'yasiz? - 4 baho qo'yaman. To'g'risi, bundan ortiq ham, kam ham qo'ya olmayman. 16. Siz yo'nalishi va ovozini betakror deb hisoblaydigan hamkasbingiz? - Jahongir Otajonov 17. Ulug'bek Rahmatullayevning "Mini-yubka" taronasini taqdim etishganda... - Men bunaqa mavzuda ashula aytmagan bo'lardim. yo'lnalishimga hos emas. Ammo kim kuylaganida ham qo'shiq o'z muhlisini topadi. 18. Qo'shiq taronasi orginal, lekin uning matni bema'ni... Kuylagan bo'larmidiz? - Yo'q albatta! Qanchalik orginal bo'lmasin, bema'ni so'zlarni kuylashni hohlamagan bo'lardim. 19. Tarkan, Ibrohim Totlisas va Emrah. Ulardan qay birini ijodiga havas qilasiz? - Albatta, Ibrohim Totlisasning ijodiga. Ahir, u haqiqiy "shoumen"! 20. O'zbek tilidan boshqa yana qaysi tillarda kuylay olasiz? - Hozircha kuylaganim yo'g'-u lekin kelajakda rus va turk tillarida ham kuylash niyatim bor | |
Просмотров: 747 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | |
Всего комментариев: 0 | |